Yogurt shunchaki fermentlangan sut mahsuloti emas. Bu qadimgi otmishdan xarakter va tarixga ega bo'lgan taom. U asrlar davomida, xalqlar va imperiyalarda saqlanib qolgan, salomatlik va yengillik ramzi bo'lib qolmoqda.
Hammasi qanday boshlangan
Qadimda ko'p ming yillar oldin, ko'chmanchilar sutni charm qoplarga quyib, yo'lda o'zlari bilan olib ketishgan. Issiq quyosh ostida sut achigan, qalin va ozgina nordon tamga ega bo'lib qolgan. Odamlar bu g'ayrioddiy ichimlikni ichib korishgan va uning buzilmasligini payqashgan, uni ichishgandan keyin ular ozlarini yanada baquvvat his qilishgan. Shunday qilib, birinchi yogurt tasodifan paydo bo'lgan.
Keyinchalik yogurt Turk va Bolgariya oshxonasining bir qismiga aylandi. Toyimli va uzoq saqlanishi hisobiga jangchilar uni sayohatlarda va harbiy yurishlarda o'zlari bilan olib ketishgan. Hatto “yogurt” sozi ham Turkiyadan kelib chiqqan — “yoğurmak” sozidan olingan bolib, u “quyuqlashtirmoq” yoki “qotirmoq” degan manoni anglatadi.
Yogurt Yevropaga XX asr boshlarida kirib kelgan, osha paytda Bolgariyalik olim Stamen Grigorov sutni yogurtga aylantiruvchi bakteriyani kashf qilgan. Shundan beri bu mahsulot butun dunyoni zabt etdi.
Nega yogurt shu qadar foydali?
Yogurt — bu sog‘liq uchun haqiqiy topilma. U probiotiklarga boy — ichaklarimizning to‘g‘ri ishlashiga yordam beradigan “tirik” bakteriyalardan iborat. Bundan tashqari, unda suyaklar uchun kaltsiy, mushaklar uchun oqsil va energiya uchun B guruhi vitaminlari ko‘p.
Agar yogurtni muntazam iste’mol qilinsa, u:
·hazmni yaxshilaydi;
·immunitetni mustahkamlaydi;
·terining chiroyli ko‘rinishiga yordam beradi;
·modda almashinuvini me’yorga keltiradi.
Ayniqsa, shakarsiz va qo‘shimchalarsiz tabiiy yogurt foydali — aynan unda foyda keltiruvchi tirik bakteriyalar mavjud.
Dunyoning turli mamlakatlarida yogurt
Bugungi kunda yogurt ko‘plab mamlakatlarda sevimli mahsulot hisoblanadi. Fransiyada uni deyarli har kuni iste’mol qilishadi — tabiiy, quyuq va qo‘shimchasiz holda.
Yaponiyada prebiotiklar va o‘simlik tarkibli qo‘shimchalar bilan yogurtlar ishlab chiqarilmoqda.
AQSh va Yevropada yunon yogurti mashhur — quyuq, qaymoqli va juda to‘yimli. Skandinaviya mamlakatlarida esa suli va rezavor mevalar qo‘shilgan yogurtlar yoqimli ta’mi va to‘yimliligi bilan seviladi.
Har bir mamlakat yogurtni o‘z uslubida tayyorlaydi, ammo ma’no bir xil: bu sog‘lik va rohat baxsh etadigan taomdir.
Bugungi kunda yogurt
Zamonaviy dunyoda yogurt sog‘lom ovqatlanishning bir qismiga aylangan. Uni smuzi tarkibiga qo‘shishadi, desertlarda ishlatishadi, shuningdek, turli souslar tayyorlashda asos sifatida foydalanishadi. U kattalar va bolalar uchun ham mos — yengil, to‘yimli va foydali mahsulotdir.
Yogurt — bu oddiy taom ming yillar davomida saqlanib, hanuz sevimli bo‘lib qolishining yorqin namunasi. U bizga, foydali narsa ham mazali bo‘lishi mumkinligini, sog‘lomlik esa kichik qoshiqdan boshlanishini doimo eslatib turadi.