Vanil — dunyodagi eng taniqli xushbo‘y hidlardan biridir. Muzqaymoq, pishiriqlar, shokolad, yogurt, qandolat mahsulotlari — bu mahsulotlarni o‘ziga xos vanil hidi va ta’misiz tasavvur qilish qiyin. Ammo bu tanish hidning asosida aniq bir modda — vanilin turadi. Ishlab chiqaruvchi oldida esa doimo savol tug‘iladi: qaysi vanilinni tanlash kerak va ularning farqi nimada?