Stabilizator nima qiladi? Sut sanoatida uning roli va iqtisodiy samarasi
2026-04-29 16:47
Sut, yogurt, muzqaymoq, tvorog, pishloq, kokteyl —bularning barchasida sifatning asosiy ko‘rsatkichi tuzilma. Bu tuzilmani boshqaruvchi esa — stabilizator.
Ko‘p ishlab chiqaruvchilar stabilizatorni shunchaki "qo‘shimcha" deb biladi, lekin amalda u ishlab chiqarish xarajatlarining 20–40% gacha qisqarishiga ta’sir qiladigan texnologik vosita.
1 Namlikni ushlab turish
Sut mahsulotlaridagi eng katta muammo — suv ajralishi. Bu ikki narsaga olib keladi:
mahsulotning ko‘rinishi yomonlashadi
iste’molchi ishonchi pasayadi.
To‘g‘ri stabilizator suvni yuqori samaradorlik bilan bog‘laydi va mahsulotni bir xil holatda ushlab turadi.
2 Tuzilmani barqaror qilish
Ushbu jarayon:
yogurtning bir xil bo‘lishi
muzqaymoqning kristallanmasligi
pishloqning elastikligi
ichimlik yogurtlarining ajralmasligi
uchun javob beradi. Bu funksiyasiz hech bir mahsulot bozorda "barqaror sifat" deb baholana olmaydi.
3 Haroratga chidamlilik
Ko‘pchilik texnologlar biladi: issiq jarayon — mahsulotning eng zaif nuqtasi. Stabilizator quyidagilarda himoya qiladi:
85–95°C da qizdirish
sovitish
qayta aralashtirish
transport jarayoni
Ayrim stabilizatorlar hatto muzlatish–eritishda ham tuzilmani saqlaydi.
4 Konsistensiyani boshqarish
Sut sanoatida “ideal konsistensiya” degan tushuncha bor:
yogurt — kremli
muzqaymoq — silliq va zich
qatiq — qaymoqli
ichimlik yogurt — suyuq, ammo
ajralmaydigan
pishloq — elastik vacho‘ziluvchan
Bu maqsadlarga mos stabilizator tanlash mahsulotni yuqori sifat segmentiga olib chiqadi.
5 Iqtisodiy samaradorlik:
xom ashyosarfini kamaytirish-bu stabilizatorning eng katta afzalligi. To‘g‘ri tanlov: ✔ sut sarfini kamaytiradi ✔ sut yog‘i miqdorini optimallashtiradi ✔ qo‘shimcha komponentlarga ehtiyojni pasaytiradi ✔ mahsulot chiqishini oshiradi Bu — ishlab chiqarish tannarxini real pasaytiradigan yechim.
Biz sizga Mixsis stabilizatorlarini taklif qilamiz: ‘Mixsis’ning STABMIX stabilizatorlari -bizning maxsulotimiz, O’zbekiston Biz sizning ishlab chiqarishingiz uchunmosini tanlab beramiz!