Yana bir necha yil avval O‘zbekistonda pitsa asosan alohida holatlar uchun buyurtma qilinadigan taom edi. Bugun esa pitseriyalar Toshkentning deyarli har bir tumanida ochilmoqda va hududlarga ham faol kirib bormoqda. Bu o‘sish ortida esa ishlab chiqaruvchilar uchun muhim savol turibdi: pitsa ham chiroyli, ham rentabelli chiqishi uchun qaysi pishloqdan foydalanish kerak?